⚠️ Диққат! Сайт тест режимида ишламоқда.
«Ўзбекипаксаноат» уюшмаси

Янгиликлар

Norin tumanida pillachilik sohasidagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga bag‘ishlangan viloyat seminari o‘tkazildi

19.08.2026 👁 25
1 / 10

Norin tumanida pillachilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy yondashuvlar va ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga bag‘ishlangan viloyat seminari bo‘lib o‘tdi.

Tadbir «Ko‘p tarmoqli Zebeniso ona avlodlari» tutchilik va pillachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligida Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Anvarjon Hakimov boshchiligida o‘tkazildi. Unda tuman hokimi Jo‘rabek Nurmatov, tuman hokimlarining soha bo‘yicha o‘rinbosarlari, pillachilik klasterlari rahbarlari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Seminarda tutzorlar qoshidagi maxsus qurtxonalarda ipak qurtini konveyer usulida, uzluksiz va bosqichma-bosqich parvarishlashni yo‘lga qo‘yish, ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish hamda sohaga zamonaviy ilmiy-innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Ishtirokchilar fermer xo‘jaligidagi amaliy jarayonlar bilan tanishib, pilla yetishtirish samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va pillachilik klasterlari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashdilar.

Seminarda ilg‘or tajribalarni hududlarda keng tatbiq etish, pillachilikda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish va sohaning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish muhim vazifalardan ekani ta’kidlandi.