⚠️ Диққат! Сайт тест режимида ишламоқда.
«Ўзбекипаксаноат» уюшмаси

Янгиликлар

Тадбирлар

"O‘zbekipaksanoat" uyushmasida sanoat usulida pilla yetishtirish texnologiyalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

27.06.2026 👁 4
1 / 9

"O‘zbekipaksanoat" uyushmasida uyushma boshqaruvi raisi R. Abdullayev rahbarligida pillachilikda sanoat usulida pilla boqish texnologiyalarini keng joriy etish masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda hududiy "Agropilla" MChJlar, pillani qayta ishlash korxonalari rahbarlari va ta’sischilari, shuningdek, soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Seminar davomida ishtirokchilarga pillachilikda sanoat usulida pilla boqishning zamonaviy texnologiyalari, uning afzalliklari va iqtisodiy samaradorligi haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Aytish joizki, mazkur texnologiyani respublika miqyosida keng tatbiq etish orqali pilla yetishtirish hajmini bir necha barobar oshirish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, ushbu tajribani yaqin kunlarda mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib Andijon, Namangan va Xorazm viloyatlarida amalga oshirish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.

Mazkur loyihaning muvaffaqiyatli joriy etilishi tarmoqda yuqori hosildorlikka erishish, mahsulot sifati va ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Seminarda Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sayyora Sapayevna Abdikarimova ham ishtirok etib, pillachilik tarmog‘ini modernizatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va sohani yanada rivojlantirishning ahamiyati xususida fikr bildirdi.

Tadbir yakunida pillachilikda sanoat usulini keng joriy etish, ilgʻor texnologiyalardan samarali foydalanish hamda tarmoqning eksport salohiyatini oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Сўнгги янгиликлар