Andijonda ipak qurti ozuqa bazasini kengaytirish maqsadida 4 million tupdan ziyod tut ko‘chati ekiladi
22.11.2026
👁 28
1 / 6
«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida Andijon viloyatida tut ko‘chatlari ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Asosiy e’tibor ipak qurti uchun ozuqa bazasini kengaytirish, tutzorlar maydonini ko‘paytirish va pillachilik tarmog‘i uchun mustahkam xomashyo zaxirasini yaratishga qaratilgan.
Ayni kunlarda viloyatning Shahrixon tumanida ham tut ko‘chatlari ekish ishlari jadal olib borilmoqda. Jumladan, dala chetlari va mavjud maydonlarda yangi tut ko‘chatlari qadalmoqda.
Rejaga ko‘ra, kuzgi mavsumda Andijon viloyati bo‘yicha jami 4 million 63 ming tup, shundan Shahrixon tumanida 282,8 ming tup tut ko‘chati ekish belgilangan.