Buxoro viloyati hokimi “Buxoro renessans silk” korxonasi faoliyati bilan tanishdi
7 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilgan korxonada bugunga qadar 166 tonna pilla qayta ishlanib, 2,8 million dollarlik mahsulot eksport qilindi. Hozirda 200 nafar fuqaro ish bilan ta’minlangan.
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov “Buxoro renessans silk” korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud quvvatlar va istiqboldagi investitsiya loyihalari bilan tanishdi.
7 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilgan korxonada bugunga qadar 166 tonna pilla qayta ishlanib, 2,8 million dollarlik mahsulot eksport qilindi. Hozirda 200 nafar fuqaro ish bilan ta’minlangan.
Korxona to‘liq quvvatda ishga tushirilgach, yiliga 900 tonna pillani qayta ishlash, eksport hajmini 30 million dollarga yetkazish, 580 ta doimiy va 16 mingta mavsumiy ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Tashrif davomida ishlab chiqarishni kengaytirish, zarur infratuzilmani yaxshilash hamda belgilangan loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.