⚠️ Diqqat! Sayt test rejimida ishlamoqda.
"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi

Yangiliklar

Umumiy

Farg‘ona viloyatida 492 ming tupdan ortiq tut ko‘chati ekildi

21.11.2026 👁 21
1 / 8

Farg‘ona viloyatida ipakchilik tarmog‘i uchun mustahkam ozuqa bazasini yaratish maqsadida kuzgi tut ko‘chatlari ekish ishlari jadal davom etmoqda.

Bugungi kunga qadar viloyat bo‘yicha jami 492 ming tupdan ortiq tut ko‘chati ekilgan. Hududlar kesimida Buvayda tumani 78 ming tup, Beshariq tumani 73 ming tup va Farg‘ona tumani 61 ming tupdan ziyod ko‘chat ekib, yetakchilik qilmoqda.

Ayni paytda viloyatning boshqa tumanlarida ham tutzorlar maydonini kengaytirish va belgilangan rejalarni bajarish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Ko‘chat ekish jarayonida hududlarning tabiiy-iqlim sharoiti va agrotexnik talablarga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, ekilgan ko‘chatlarning tutib ketishi va sog‘lom rivojlanishi mutaxassislar nazoratiga olingan.

So'nggi yangiliklar