Farg‘ona viloyatida tut ko‘chatlari ekish ishlari olib borilmoqda
Bugun Farg‘ona viloyatida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida tut ko‘chatlari ekish ishlari davom etmoqda.
Jumladan, Bog‘dod, Qo‘shtepa va Yozyovon tumanlarida tut ko‘chatlari ekish bo‘yicha seminarlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, tutchilik xo‘jaligida mavjud tut ko‘chatlarini ko‘chirish ishlari ham olib borilmoqda.
Joriy mavsumda Farg‘ona viloyati bo‘yicha jami 1 million 969 ming tup tut ko‘chati ekish rejalashtirilgan. Hududlar kesimida eng ko‘p ko‘chat Farg‘ona tumanida — 184 ming tup, Beshariqda — 155 ming tup, Bog‘dodda — 150 ming tup ekilishi belgilangan.
Shuningdek, Buvayda va Dang‘ara tumanlarining har birida 130 ming va 110 ming tupdan, Yozyovon, Quva, Oltiariq, Qo‘shtepa, Rishton, Toshloq, O‘zbekiston va Uchko‘prik tumanlarining har birida 110–120 ming tup atrofida ko‘chat ekish rejalashtirilgan.
Quvasoy shahri va So‘x tumanida 100 ming tupdan, Farg‘ona shahrida 50 ming tup, Furqat tumanida esa 90 ming tup tut ko‘chati ekish ko‘zda tutilgan.