⚠️ Diqqat! Sayt test rejimida ishlamoqda.
"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi

Yangiliklar

Umumiy

Qashqadaryoda «Yashil makon» loyihasi doirasida yangi tutzor barpo etilmoqda

21.11.2026 👁 23
1 / 10


Ayni vaqtda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish va yangi tutzorlar barpo etishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Unda viloyat hokimligi vakillari hamda «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi rahbariyati, jumladan, uyushma raisi o‘rinbosari Hakimboy Otaxonov ishtirok etmoqda.

Seminar doirasida Kasbi tumanidagi 2 gektar maydonda yangi tutzor barpo etilib, «Radiant Silk» pillachilik klasteri tomonidan yetkazib berilgan 10 ming tup tut ko‘chati ekilmoqda.

Shuningdek, tumandagi G‘alaba hududida yakka qator tut ko‘chatlarini ekish ishlari ham davom ettirilmoqda.

Joriy mavsumda Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 2 million 13 ming tup, shundan Kasbi tumanida 114,2 ming tup tut ko‘chati ekish rejalashtirilgan.

So'nggi yangiliklar