Sirdaryo viloyatida tut ko‘chatlarini ekish ishlari davom etmoqda
21.11.2026
👁 23
1 / 8
«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida Sirdaryo viloyatida tut ko‘chatlarini ekish tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
Ushbu tadbirlar hududlarda yashil maydonlarni kengaytirish, ipakchilik tarmog‘ining oziqa bazasini mustahkamlash hamda kelgusida pilla yetishtirish hajmini oshirishga xizmat qiladi.
Joriy kuzgi mavsumda Sirdaryo viloyati bo‘yicha jami 679 ming tup tut ko‘chati ekish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 319 ming tup ko‘chat ekildi. Ayni paytda belgilangan reja asosida ekish ishlari davom etmoqda.