⚠️ Diqqat! Sayt test rejimida ishlamoqda.
"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi

Yangiliklar

Umumiy

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasida muhim masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

20.11.2026 👁 15
1 / 8

Bugun “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi M. Kasimov rahbarligida hududiy “Agropilla” MChJlar, pillani qayta ishlash korxonalari rahbarlari hamda ta’sischilari ishtirokida onlayn yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda korxonalarning eksport prognoz ko‘rsatkichlarini bajarishi, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ipak qurti ozuqa bazasini mustahkamlash, tut ko‘chatlarini ekish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi.

Muhokamalar davomida belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, eksport ko‘rsatkichlariga erishish hamda tutzorlar maydonini kengaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

So'nggi yangiliklar