⚠️ Diqqat! Sayt test rejimida ishlamoqda.
"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi

Yangiliklar

O‘zbekiston va Eron ipak sanoatida hamkorlik qiladi

26.10.2026 👁 67

Muzokaralarda ipak yetkazib berish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish hamda ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

1 / 7

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi R. Abdullayev, Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari M. Sagatov hamda Uyushma raisi o‘rinbosari H. Otaxonov boshchiligidagi uyushma rahbariyati Eronning Qum savdo-sanoat palatasi birinchi vitse-prezidenti, Qum qo‘lda to‘qilgan gilamlar eksportchilari uyushmasi boshqaruvi a’zosi Abolfazl Rajabian, Qum savdo-sanoat palatasi boshqaruvi a’zosi va Qum qo‘lda to‘qilgan gilamlar eksportchilari uyushmasi prezidenti Javad Kazemi, shuningdek, ushbu tashkilotlar vakillari Vahid Keramatian va Ali Ashari Fard bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston ipak mahsulotlarini Eronga eksport qilish, ipak xomashyosini yetkazib berish hamda ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Eronlik ishbilarmonlarning O‘zbekistonga tashrifidan asosiy maqsad mamlakatimizning ipakchilik salohiyati bilan tanishish, mahalliy ipak mahsulotlari sifatini baholash va ularni Eronga import qilish imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat. Xususan, Qum shahrida ishlab chiqariladigan qo‘lda to‘qilgan ipak gilamlar uchun O‘zbekiston ipak xomashyosidan foydalanish istiqbollari ko‘rib chiqilmoqda.

Muzokaralarda ipak yetkazib berish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish hamda ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

So'nggi yangiliklar