Uyushmaning faoliyat yo‘nalishlari
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyati pillachilik tarmog‘ini rivojlantirish, ipak mahsulotlari ishlab chiqarish zanjirini takomillashtirish va sohaning iqtisodiy salohiyatini oshirishga qaratilgan yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Pillachilikning ozuqa bazasini rivojlantirish. Tutzorlarni barpo etish va kengaytirish, ipak qurti uchun sifatli ozuqa bazasini shakllantirish hamda mavjud resurslardan samarali foydalanish.
Ipak qurti urug‘i va pilla yetishtirish. Mahsuldor zotlarni yaratish, sifatli urug‘ ishlab chiqarish, pilla yetishtirish hajmi va sifatini oshirish.
Pilla va ipakni qayta ishlash. Pillani dastlabki qayta ishlash, xom ipak va ipak kalava ishlab chiqarish, mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish.
Tayyor mahsulot ishlab chiqarish. Ipakdan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, zamonaviy dizayn va texnologiyalarni joriy etish, mahsulot sifatini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish.
Eksport va marketing. Ipak mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarini o‘rganish, yangi xaridorlarni jalb qilish, eksport geografiyasi va hajmini kengaytirish.
Investitsiya va innovatsiyalar. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish va tarmoqqa investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashish.
Gilamchilik va hunarmandchilik. Qo‘lda gilam to‘qishni rivojlantirish, hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish va gilam mahsulotlari eksportini kengaytirish.
Kadrlar va bandlik. Sohada mutaxassislar tayyorlash, xodimlar malakasini oshirish, qishloq aholisining, ayniqsa, yoshlar va ayollarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish.