“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi haqida
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasida pillachilik tarmog‘ini rivojlantirish, ipakchilik sohasida ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, ipak mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan faoliyatni muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etilgan.
Uyushma faoliyatining asosiy yo‘nalishlari pillachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, ipak qurti urug‘i va pilla yetishtirishni rivojlantirish, xom ipak va ipak kalava ishlab chiqarishni kengaytirish, tayyor ipak mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ularning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirishdan iborat.
Shuningdek, tarmoqqa zamonaviy texnologiyalar va investitsiyalarni jalb qilish, xalqaro standartlarni joriy etish, sohada malakali kadrlar tayyorlash, qishloq joylarda aholi bandligi va daromadlarini oshirishga ko‘maklashish uyushma faoliyatining muhim yo‘nalishlari hisoblanadi.
Uyushmani tashkil etishning huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2856-son qarori hisoblanadi.