Norin tumanida tut ko‘chatlari ekish ishlari davom etmoqda
23.11.2026
👁 17
1 / 8
«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida Namangan viloyatining Norin tumanida ipak qurti uchun ozuqa bazasini kengaytirish maqsadida tut ko‘chatlari ekish ishlari olib borilmoqda.
Jarayonni samarali tashkil etish, ko‘chatlarni belgilangan hududlarga o‘z vaqtida yetkazish va ekish ishlarini muvofiqlashtirish masalalari yuzasidan tuman hokimi ishtirokida fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda tut ko‘chatlarini belgilangan maydonlarga sifatli ekish, ularni o‘z vaqtida parvarishlash va kelgusida sog‘lom tutzorlarni shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.
Ayni paytda tuman hududlarida tut ko‘chatlari ekish ishlari davom etmoqda.