⚠️ Диққат! Сайт тест режимида ишламоқда.
«Ўзбекипаксаноат» уюшмаси

Янгиликлар

"O‘zbekipaksanoat" uyushmasida sanoat usulida ipak qurti urug‘i tayyorlash texnologiyalariga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi

02.07.2026 👁 9
1 / 8

"O‘zbekipaksanoat" uyushmasida uyushma boshqaruvi raisi R. Abdullayev rahbarligida pillachilikda sanoat usulida pilla boqish texnologiyalarini keng joriy etishga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda urug‘chilik korxonalari rahbarlari ishtirok etdi. Seminar davomida ishtirokchilarga sanoat usulida pilla boqishning zamonaviy texnologiyalari, ularning afzalliklari va yuqori hosildorlikka erishish imkoniyatlari amaliy tarzda namoyish etildi.

Amaliy ko‘rgazma jarayonida 3,5 gramm ipak qurti o‘ragan pilla hosili terib olindi. Hosil tarozida tortilib, 10 kilogramm tirik pilla olingani namoyish etildi.

Seminar davomida sanoat usulida ipak qurti urug‘i tayyorlash texnologiyalarini keng joriy etish, ipak qurti urug‘larini mahalliylashtirish hamda 2027–2030-yillarda respublikaning ipak qurti urug‘iga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq mahalliy urug‘lar hisobidan qoplash bo‘yicha amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.