⚠️ Diqqat! Sayt test rejimida ishlamoqda.
"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi

Yangiliklar

Quyi Chirchiq tumanida yakka qator tut ko‘chatlari ekish ishlari olib borilmoqda

21.11.2026 👁 15
1 / 5

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida yakka qator tut ko‘chatlarini ekish ishlari olib borilmoqda.

Joriy mavsumda Toshkent viloyati bo‘yicha jami 3 million 134 ming tup tut ko‘chati ekilishi rejalashtirilgan. Shundan 229,3 ming tupi Quyi Chirchiq tumani hissasiga to‘g‘ri keladi.

Mazkur tashabbus nafaqat hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va ekologik muhitni yaxshilash, balki pillachilik tarmog‘ining ozuqa bazasini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

Tut ko‘chatlarini ekish orqali kelgusida ipak qurti parvarishi uchun zarur bo‘lgan ozuqa zaxirasini kengaytirish va pillachilik tarmog‘i salohiyatini oshirish ko‘zda tutilgan.

So'nggi yangiliklar