⚠️ Diqqat! Sayt test rejimida ishlamoqda.
"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi

Yangiliklar

Umumiy

Surxondaryo viloyatida joriy kuzgi mavsumda 2,1 million tup tut ko‘chati ekiladi

23.11.2026 👁 17
1 / 5

«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatida ham tut ko‘chatlari ekish ishlari boshlandi. Asosiy e’tibor ipak qurti uchun ozuqa bazasini kengaytirish va pillachilik tarmog‘ining xomashyo salohiyatini oshirishga qaratilgan.

Jumladan, Angor tumanidagi Ilg‘or mahallasi hududida 50 gektar maydonda tut ko‘chatlari ekish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu jarayonda Surxondaryo viloyati hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Farhodjon Ismoilov hamda «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi raisi o‘rinbosari Hokimjon Otaxonov ishtirok etdi.

Belgilangan rejaga muvofiq, joriy kuzgi mavsumda Surxondaryo viloyati bo‘yicha jami 2 million 159 ming tup tut ko‘chati ekish ko‘zda tutilgan.

Jumladan, Angor tumanida 130 ming, Bandixon tumanida 35 ming, Boysun tumanida 65 ming, Denov tumanida 200 ming, Jarqo‘rg‘on tumanida 236 ming, Qiziriq tumanida 145 ming, Qumqo‘rg‘on tumanida 215 ming, Muzrabot tumanida 165 ming, Oltinsoy tumanida 130 ming, Sariosiyo tumanida 120 ming, Termiz tumanida 227 ming, Uzun tumanida 150 ming, Sherobod tumanida 160 ming va Sho‘rchi tumanida 181 ming tup tut ko‘chati ekish rejalashtirilgan.

So'nggi yangiliklar