⚠️ Diqqat! Sayt test rejimida ishlamoqda.
"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi

Yangiliklar

Umumiy

Jizzax viloyatida joriy kuzgi mavsumda 2,3 million tup tut ko‘chati ekiladi

23.11.2026 👁 15
1 / 5

«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida Jizzax viloyatida ham tut ko‘chatlari ekish ishlariga kirishildi.

Mazkur tadbirlardan asosiy maqsad ipak qurti uchun ozuqa bazasini kengaytirish, mavjud tutzorlarni ko‘paytirish va pillachilik tarmog‘ini sifatli xomashyo bilan ta’minlashdan iborat.

Belgilangan rejaga muvofiq, joriy kuzgi mavsumda viloyat bo‘yicha jami 2 million 327 ming tup tut ko‘chati ekish ko‘zda tutilgan.

Ayni paytda hududlarda ko‘chatlarni belgilangan maydonlarga ekish, ularni agrotexnik talablar asosida parvarishlash va kelgusida barqaror ozuqa zaxirasini shakllantirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

So'nggi yangiliklar